Universitet rektori Sherzod Neʼmatov hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Sobir Yo‘ldoshov Toshkent shahrida "Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash va akkreditatsiya" mavzusida oʻtkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vebster universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda mavzuga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

Rektor Sherzod Neʼmatov forum moderatorlaridan biri – professor, doktor Olgun Chichek va boshqa mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi, oʻzaro fikrlashdi.

Xalqaro forum oliygohlarda taʼlim sifati samaradorligini oshirish va akkreditatsiya sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ekspertlarning oʻzaro tajriba almashishlari, bilim va malakalarini oshirishlariga xizmat qildi. AQSh va Yevropa mamlakatlari, qolaversa yurtimiz mutaxassislarining dolzarb mavzudagi maʼruzalari tinglandi.