Xabar berganimizdek, uch kundirki, universitetimizda “Fablab infratuzilmasi asosida ilmiy-innovatsion hamkorlikni kengaytirish” mavzusida seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarni qozogʻistonlik Azamat Abdimoʻminov va hindistonlik Gaurav Agarval olib bordilar.

22-iyul kuni xorijlik mutaxassislarning universitet doktorantlari bilan muloqoti boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ilmiy maqolalarni yozish, chet el ilmiy nashrlarida chop ettirish tartibi haqida tushuncha berildi. ORCID va DSpase kabi raqamli resusrlarning afzalliklari tushuntirildi.

Kafedra mudirlari bilan oʻtkazilgan suhbat jarayonida universitet salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan muhim loyihalar muhokama qilindi.

Xorijlik mehmonlar bugun Qarshi shahridagi “Alp texno servis” korxonasida boʻlib, direktor Shuhrat Murodov bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
