Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Qarshi davlat texnika universiteti hamkorligida yangi loyiha!
AZIZ TALABALAR VA YOSHLAR!
“Men – eng namunali talaba opaman!” chellenjiga taklif qilamiz!
- Siz bilimda, odobda, faollikda va tashabbuskorda barchaga o‘rnak bo‘layotgan talaba opani bilasizmi?
- Uka va singillaringizning bilim olishi va chet tillarini o‘rganishida Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz qanday namoyon bo‘lmoqda?
Bu chellenj aynan ana shunday fidoyi opalar haqida!
Sizni “Men – eng namunali talaba opaman!” nomli chellenjda ishtirok etishga chorlaymiz!
Chelenjning maqsadi:
namunali, bilimli, mas’uliyatli va faol talaba qizlarni e’tirof etish, ularning ibratli fazilatlarini targ‘ib qilish hamda yoshlar orasida ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish.
Ishtirok etish shartlari:
– o‘zingiz haqingizda qisqa matn, rasm va video tayyorlashingiz;
– o‘zingizning ibratli jihatlaringiz, yutuqlaringiz va fazilatlaringizni yoritib berishingiz;
– chelenj nomi bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashingiz lozim.
Eng ta’sirli va mazmunli ishlar alohida e’tirof etiladi. Eng namunali deb e’tirof etilgan ijod namunalari universitet hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Namunali talaba opa – faxrimiz, ilhomimiz va kelajagimiz!