Universitet matbuot kotibi Abdurazzoq Murodov Toshkent shahrida “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida o‘tkazilgan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.


Uch kun davom etgan qisqa malaka oshirish kurslarida 60 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari matbuot kotiblari ishtirok etdilar.


Malaka oshirish kursida PR sohasida sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, axborot va taʼlim beruvchi hamda koʻngilochar kontentlar orqali PR faoliyatini yoʻlga qoʻyish, inqiroz holatlarida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar bilan samarali aloqa oʻrnatish, axborotni tanqidiy tahlil qilish, fakt va manbalarni tekshirish boʻyicha ilgʻor koʻnikmalarni shakllantirishga doir oʻnlab mavzularda mashgʻulotlar oʻtkazildi.


Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida press-tur tashkil etildi.


Kurs yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻrgʻirotboy Sharipov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.