Bugun universitet rektori Sherzod Neʼmatov Germaniya Federativ Respublikasining Nemis korxonalari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot mavzusi, asosan, oliy taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlash, talabalar bandligini taʼminlash, oʻzaro hamkorlik aloqalarini bu kabi maqsadlarga yoʻnaltirish xususida boʻldi.
.jpg)
Uchrashuvda Germaniyaning “Prosika” va “Motiba” kompaniyalari hamda universitet hamkorligida talabalarga intensiv shaklda nemis tilini oʻrgatish, tartibli mehnat migratsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Bu borada maxsus platforma va dasturlardan foydalanish yuzasidan fikrlar bildirildi.
