MAHALLADAGI OʻZGARISHLAR VA ILMIY IZLANISHLAR

MAHALLADAGI OʻZGARISHLAR VA ILMIY IZLANISHLAR

MAHALLADAGI OʻZGARISHLAR VA ILMIY IZLANISHLAR

   Qarshi davlat texnika universiteti tadqiqotchilari va yosh olimlari tomonidan Muborak tumanidagi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oʻrganish davom ettirilmoqda.

    Bugun, 26-iyul kuni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov rahbarligida Energetika muhandisligi fakultetining “Elektr taʼminoti va intellektual energetik tizimlar”  kafedrasi mudiri Anvar Norboyev va  yosh olimlar tumandagi Qoraqum va Yashnaobod mahallarida boʻlib, avval oʻrnatilgan quyosh fotoelektr hamda quyosh suv isitish qurilmalari va artezian quduqlari uchun oʻrnatilgan quyosh panellarining ishlash jarayonini va texnik hamda ekspluatatsion parametrlarini oʻrgandilar.

    Tahlillar, mahalla raislari hamda xonadon egalarining fikrlariga koʻra, Qoraqum mahallasidagi Azamat Jumayev va  Shavkat Qulboyev xonadonlarida oʻrnatilgan quyosh suv isitish kollektorlaridan samarali foydalanilmoqda va sutkasiga 200 litrgacha issiq suv olinib, maishiy ehtiyojlar uchun ishlatilmoqda.

    Ushbu qurilmalarda oʻz ilmiy ishlarini olib borayotgan muqobil energiya manbalari mutaxassisligi 2-kurs magistranti Medxun Sohibov va tadqiqotchi  Bobur Toshmamatov tomonidan  Muborak tumani qishloq hududi sharoitida yozgi rejimda quyosh kollektorli issiq suv taʼminoti tizimining samaradorligi monitoring qilindi. Tadqiqotchi olimlar tomonidan bir vaqtda Qoraqum mahallasida tashkil qilingan “Yashil xonadon”  qurilmalariga servis xizmatlari ham koʻrsatildi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oʻrnatilgan artezian quduqlarining suv chiqarish nasoslarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi quyosh fotoelektr qurilmalarining ishlash jarayoni va samaradorligini oshirish boʻyicha “Qoraqum” MFY raisi Musurmonbek Ziyodullayev va “Yashnaobod” MFY raisi Suvon Keldiyorovga tegishli koʻrsatma va takliflar berildi.