KOʻNGIL EKOLOGIYASI VA RANGLAR JILOSI

KOʻNGIL EKOLOGIYASI VA RANGLAR JILOSI

KOʻNGIL EKOLOGIYASI VA RANGLAR JILOSI

    Bugun Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Qarshi davlat texnika universiteti hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida “Koʻngil ekologiyasi” mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

    Image

    Mazkur tanlov yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va masʼuliyat hissini kuchaytirish maqsadida oʻtkazilib, unda turli taʼlim muassasalaridan iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

    Image

    Tanlov 4 muhim nominatsiya – “Yashil makon” umummilliy loyihasi”, “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va choʻllanishga qarshi kurash”, “Atrof-muhit ifloslanishi va hududlarni chiqindilardan tozalash”, “Qayta ishlash va chiqindilarni saralash” mavzularida tashkil etildi.

    Image

    Har bir nominatsiya boʻyicha eng yaxshi ijodiy ishlar saralanib, gʻoliblar va sovrindorlar aniqlandi. Университетимиз талабалари ҳам кучли учликдан ўрин эгалладилар.

    “Yashil makon” umummilliy loyihasi” mavzusi boʻyicha:

    2-oʻrin: Shahrizoda Faxriddinova.

    3-oʻrin: Fotima Aliqulova.

    Image

    “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va choʻllanishga qarshi kurash” yoʻnalishida:

    2-oʻrin: Dilnoza Zulfiqorova.

    3-oʻrin: Charos Choriyeva.

    Image

    “Atrof-muhit ifloslanishi va chiqindilardan tozalash” mavzusida:

    3-oʻrin: Dildora Hamdamova.

    Image

    “Qayta ishlash va chiqindilarni saralash” yoʻnalishi boʻyicha:

    2-oʻrin: Farangiz Islomova.

    3-oʻrin: Maftuna Yusupova.

    Image

    Tanlov yakunida barcha gʻolib va faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandilar.