Kiberxavfsizlik: HAMKORLIKNING ILK QADAMLARI

Kiberxavfsizlik: HAMKORLIKNING ILK QADAMLARI

Kiberxavfsizlik: HAMKORLIKNING ILK QADAMLARI

    Içki işlar vazirligi akademiyasi va Qarşi davlat texnika universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Xöş, bu hamkorlikning maqsadi, mohiyati nimalarda namoyon böladi? Birinçi navbatda, Prezidentimizning kuni keça Qaşqadaryoga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar ijrosi taʼminlanadi. Aytmoqçi bölganimiz – içki işlar idoralari xodimlarining kiberxavfsizlik va sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça bilim va malakalari oşiriladi.

    Bu jarayonda universitetimizning ilmiy salohiyati va olimlarimiz tajribasidan keng foydalaniladi. Dual taʼlim rivojlantiriladi. Hamkorlikda grant tanlovlarida qatnaşiş, monografiyalar tayyorlaş ham hamkorlikning muhim jihatlaridan biridir.

    Image

    Birgalikda dasturiy taʼminotlarni işlab çiqiş, magistrantlarning bitiruv malakaviy işlari mavzularini soha muammolari asosida belgilaş ham közda tutilgan. Kiberxavfsizlik böyiça aholi örtasida tarğibot işlarini birgalikda olib boriş yaxşi samara berişi alohida qayd etildi.

    Kelişuvga köra, endilikda universitet bazasida içki işlar organlarining sohalari yönalişida öquv kurslari yölga qöyiladi. Maşğulotlar ikki bosqiçda taşkil etilib, universitet hamda akademiya professor-öqituvçilari tomonidan olib boriladi.

    Image

    Öquv kurslarini zamon talablari darajasida taşkil etiş maqsadida yangi öquv dasturlari va axborot tizimlari işlab çiqilib, internet monitoringi guruhlari taşkil etiladi. Şu bilan birga, universitetning Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida dual taʼlim tizimi joriy etilib, talabalar içki işlar organlarining kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş bölinmalariga amaliyotga jalb qilinadi.

    Taʼlim muassasalari rahbarlari Rustam Hotamov va Şerzod Neʼmatov iştirokida bölib ötgan memorandum imzolaş jarayonida qöşma qaror va “yöl xarita”si asosida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar, ikki tomonlama hamkorlikdan kutilayotgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 

    Image

    Yangi tizim taʼlimda sifat körsatkiçlarini yaxşilaş barobarida, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.

    Şu bilan birga, akademiya işçi guruhi vakillari universitetda yölga qöyilgan taʼlim jarayonlari, sunʼiy intellekt laboratoriyalari, ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.

    Image

    Muloqot çoğida innovatsion yondaşuvlarni ommalaştiriş, ilmiy-amaliy hamkorlikni kuçaytiriş, davlatimiz rahbarining içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş tizimini transformatsiya qiliş töğrisidagi qarorida belgilangan mexanizmlarni amaliyotga joriy etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

    Image