KENGASH YIGʻILISHI: TAHLIL, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

KENGASH YIGʻILISHI: TAHLIL, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

KENGASH YIGʻILISHI: TAHLIL, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

    Bugun universitet kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda oliygoh rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va yosh olimlar ishtirok etdilar.

    Image

    Dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarining bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, universitet kengashi qarorlari bajarilishi tahlil qilindi.

    Image

    Kengash yigʻilishida universitet tyutorlar kengashining ish faoliyati hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati toʻgʻrisidagi hisobotlar tinglandi.

    Image

    Transport va qurilish muhandisligi fakultetida oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarida va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

    Image

    Bundan tashqari, “Spin-off” korxonalarini tashkil etish, magistratura mutaxassisliklarida oʻquv jarayonining borishi, magistrlik dissertatsiyasi himoyasiga tayyorgarlik holati bilan bogʻliq masalalar ham kengash aʼzolarining eʼtiborida boʻldi.

    Image

    Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

    Image

    Anʼanaga koʻra, kengash yigʻilishida ilmiy unvon va daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar topshirildi.