KELAJAKKA QÖYILGAN DADIL QADAMLAR

KELAJAKKA QÖYILGAN DADIL QADAMLAR

KELAJAKKA QÖYILGAN DADIL QADAMLAR

    Bugun Qarşi davlat texnika universitetida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasblar körgazmasi bölib ötdi.

     Image

    Uşbu tadbir Prezidentimizning aholi bandligini taʼminlaş, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş va kambağallikni qisqartirişga qaratilgan qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida taşkil etildi.

    Image

    Körgazmada Qaşqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, korxona, taşkilotlar va tadbirkorlik subyektlari iştirok etdi. Iş beruvçilar tomonidan mavjud böş iş örinlari, mutaxassislarga qöyiladigan talablar va işga joylaşiş imkoniyatlari haqida keng maʼlumot berildi.

     Image

    Körgazma doirasida “Yoşlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi. Tadbirda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoşimov va Qarşi davlat texnika universiteti rektori Şerzod Neʼmatov yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdilar.

    Image

    Uçraşuv davomida mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini taʼminlaş, kasb-hunarga öqitiş va tadbirkorlik faoliyatiga kömaklaşişga qaratilgan taşabbuslar haqida söz bordi. Xususan, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoşlarni kasb-hunarga öqitiş va ularning biznes ğoyalarini moliyalaştiriş tizimi talabalarga batafsil tuşuntirildi.

    Image

    Muloqot yakunida öz tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan bitiruvçi yoşlarning loyihalari maʼqullanib, ularga imtiyozli kredit mablağlari ajratiş uçun vauçerlar topşirildi.

    Image

     Talabalarning Qarşi şahridagi “Sulton tex group” xususiy korxonasi hamda Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi tarkibidagi “FM World” kompaniyasiga sayohati taassurotlarga boy böldi.

    Image

    Talabalar korxonalarning işlab çiqariş faoliyati, iş jarayonlarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş hamda mahsulot sifatini taʼminlaşga qaratilgan yondaşuvlar bilan tanişdilar. Şuningdek, işlab çiqariş va tadbirkorlik faoliyatini samarali yölga qöyiş, bozor talablarini örganiş, raqobatbardoş mahsulotlar yaratiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

    Image

    Tadbir yakunida faol yoşlarga esdalik sovğalari topşirildi.