Qarshi davlat texnika universitetining "Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnali Scopus xalqaro ilmiy bazasida indeksatsiya qilinishi uchun rasman nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Bu yutuq jurnalimiz maqolalarini xalqaro miqyosda tanitadi, ularning ko‘rinishi va iqtiboslanish darajasini oshiradi.
Muhimi, endilikda jurnalimizga kelib tushadigan ilmiy maqolalar xalqaro talablar asosida yanada murakkab va yuqori sifat mezonlariga javob berishi lozim bo‘ladi. Ingliz tilida tayyorlangan maqolalar Scopus bazasida tezroq va kengroq tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lib, mualliflar uchun katta ustunlik beradi.
Jarayonni kuzatish uchun: Scopus nomzodlik sahifasi
Endi har bir ilmiy izlanuvchilarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqiramiz. Mualliflar maqola tayyorlashda yanada mas’uliyatli, e’tiborli va xalqaro standartlarga mos bo‘lishini ta’minlashlari zarur bo‘ladi.
Tahririyat a’zolari tomonidan jurnalga kelib tushgan maqolalar sifati, yangilik darajasi va ilmiy ahamiyati bo‘yicha chuqur tahlil qilinadi.
O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun SRT journal AI yordamchiga murojaat qilishingiz mumkin va u Sizga shu zahotiyoq javob beradi.
SRT journal AI yordamchi boti: @srtjournalai_bot
Maqola yuborish uchun:
Virtual assistant: http://t.me/kmurojaat_livebot
Onlayn murojaat: https://srt-journal.uz/ojs/index.php/SRT/information/authors
Telefon: +998 90 673 64 33
Web-sayt: https://srt-journal.uz | www.srt-journal.uz
Tahririyat: “Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali
Telegram manzil: @srt_journal