Bugun universitetimizda professor Szyan Yaming boşçiligida Tiangong universiteti vakillarining xizmat safari boşlandi.

Xitoylik mehmonlar dastlab «Muhandislik ilmiy-işlab çiqariş markazi» (fab-lab) faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Professor-öqituvçilar bilan muloqot olib bordilar.

Söngra Qarşi davlat texnika universiteti rahbariyati va masʼullari iştirokida hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Xususan, mahalliy xomaşyoni qayta işlaş, qöşma taʼlimni va akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş yuzasidan özaro fikrlaşib olindi.

Maʼlumot örnida: Xitoyning Tiangong universiteti va Qarşi davlat texnika universiteti örtasida hamkorlik memorandumi joriy yil iyun oyida imzolangan edi.
