HAM DARS, HAM SERTIFIKAT

HAM DARS, HAM SERTIFIKAT

HAM DARS, HAM SERTIFIKAT

    Qarshi davlat texnika universiteti vakillari Bektosh Aliyevning va Sohibnazar Omonovning Portugaliyadagi Tomar politexnika universitetidagi xizmat safari davomida muhim kelishuvlarga erishildi.

    Talabalar akademik mobilligi doirasida Erasmus+ KA171 dasturi doirasida universitetimizning 2 nafar talabasi 2027-yil fevral oyidan boshlab bir semestr davomida Portugaliyada tahsil oladi.

    Image

    Portugaliyalik professor-oʻqituvchilar tomonidan universitetimizning IT va iqtisodiyot yoʻnalishi talabalariga 14 soatlik onlayn darslar tashkil etiladi. Öz navbatida, universitetimiz professor-oʻqituvchilari ham portugaliyalik talabalarga masofadan darslar maşğulotlarini oʻtish imkoniga ega böladilar.

    Dars mashğulotlarini muvaffaqiyatli olib borgan professor-öqituvchilarga xalqaro sertifikat beriladi.

    Image

    Ikki universitet hamkorligida xalqaro Erasmus+ CBHE grantlari tanlovlariga qoʻshma loyihalar tayyorlash va taqdim etish masalalari muhokama qilindi.

    Mazkur kelishuvlar universitetimizning xalqaro hamkorlik salohiyatini oshirish, talabalar uchun xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or Yevropa tajribasini joriy etishga xizmat qiladi.