GLOBAL IQLIM OʻZGARISHI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

GLOBAL IQLIM OʻZGARISHI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

GLOBAL IQLIM OʻZGARISHI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

    Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Global iqlim oʻzgarishi sharoitida suv tanqisligini yumshatish, qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishda “Smart” texnologiyalardan foydalanish usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda.

    Image

    “Melioratsiya va yer kadastri” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli anjumanda nafaqat yurtimiz, universitetimiz, balki Belorussiya, Indoneziya, Serbiya, Turkiya kabi davlatlar oliy taʼlim muassasalarining ham professor-oʻqituvchilari va yosh olimlari ishtirok etdilar.

    Image

    Konferensiya avvalida QarDTU rektori Sherzod Neʼmatov mavzuning dolzarbligini taʼkidlab, suv tanqisligi bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish olimlar oldidagi muhim masalalardan biri ekanligini qayd etdi.

    Image

    Anjumanda iqlim oʻzgarishi sharoitida Oʻzbekistonda suv resurslarini barqaror boshqarish, ulardan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarning oʻrni, dehqon xoʻjaliklarida smart sugʻorish texnologiyalarining qabul qilinishi va resurs samaradorligiga taʼsiri, lalmi yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolari kabi mavzularda oʻnlab maʼruzalar tinglandi, koʻplab masalalar muhokama qilindi.

    Image

    Ushbu konferensiya ilm ahlining oʻzaro fikr almashishi, xorijiy mutaxassislar bilan manfaatli hamkorlik oʻrnatilishi uchun ahamiyatli boʻldi.