Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Xalqaro Yer kuni munosabati bilan talabalar oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni” tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlov “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazildi. Ishtirokchilar oʻzlarining nazariy bilimlari, ekologiya sohasidagi amaliy faoliyati, targʻibot ishlari, videoroliklari hamda innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.

Tanlovning “Ekologiya bilimdoni” nominatsiyasi gʻoliblari:
1-oʻrin: Odilbek Jumayev (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi).
2-oʻrin: Xursandbek Abdullayev (bank ishi taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi).
3-oʻrin: Mehriniso Neʼmatullayeva (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi).

“Ekologik madaniyat targʻibotchisi” nominatsiyasi boʻyicha natijalar:
1-oʻrin: Xolida Eshquvvatova (bank ishi taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi).
2-oʻrin: Mushtariy Xoʻjamshukurova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi).
3-oʻrin: Farangiz Ismoilova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi).

“Eng faol ekovolontyor” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblar:
1-oʻrin: Asqar Abdisattorov (atrof-muhit muhandisligi taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich magistarnti).
2-oʻrin: Dilnoza Zulfiqorova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi).
3-oʻrin: Marjona Shokirova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi).

“Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyasi gʻoliblari:
1-oʻrin: Munisa Mengliqulova (atrof-muhit muhandisligi taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich magistranti).
2-oʻrin: Nozima Xoliqulova (biotexnologiya taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi).

Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.