Bugun universitetimizda Malayziyaning Petronas texnologiyalar universiteti talabalarining tashrifi boshlandi.

Mazkur tashrif har ikki oliy taʼlim muassasasi talabalari va professor-oʻqituvchilarining oʻzaro tajriba almashishi, ilmiy-innovatsion yutuqlari va madaniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Doktor Mohd Jul Hakim Virzal rahbarligida 20 nafar malayziyalik talaba dastlab Irrigatsiya muhandisligi fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Soʻngra mehmonlar Energetika muhandisligi fakultetidagi “Muqobil energiya manbalari” oʻquv-ilmiy poligonida ham boʻldilar. Ularga keyingi yillarda yosh olimlar va talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy ixtirolar haqida keng maʼlumot berildi.
