E’LON!!!
2025-yil 18-iyul kuni soat 1500 da 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi boʼyicha PhD.03/30.09.2020.T.111.03 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning yig‘ilishiga taklif etamiz.
Kun tartibi:
- Raxmatov Obid Ibod o’g’lining05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Avtonom issiqxonalarning quyosh va issiqlik nasosli energiya ta’minoti tizimi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.
Dissertatsiya ishi Qarshi davlat texnika universitetida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: t.f.f.d., dotsent Safarov A.B.
Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi mudiri professor Isroil Yuldoshev Abriyevich
Qarshi davlat texnika universiteti professori, t.f.n. Fayziyev To‘lqin Amirovich
Ilmiy seminarni o‘tkazish joyi: Qarshi davlat texnika universiteti, binosi №1-239-xona.