BUGUN – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI

BUGUN – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI

BUGUN – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI

    Bugun universitet “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi”da sana munosabati bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda universitet rektori Sherzod Neʼmatov soʻz olib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, unga qarshi kurash masʼuliyati haqida soʻz yuritdi.

   Muloqot davomida mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi siyosati, bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, universitetda amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi. Muhim vazifalar belgilab olindi.

    Tadbir yakunida universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab “Korrupsiya – asr kushandasi” mavzusida oʻtkazilgan “Eng yaxshi esse” hamda “Eng yaxshi insho” tanlovlari gʻoliblari taqdirlandi.

    Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra, Guljahon Abdiyeva (Energetika muhandisligi fakulteti) “Eng yaxshi esse” hamda Komila Toshqobilova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) “Eng yaxshi insho” tanlovi gʻolibi boʻldilar.

    Nurmuhammad Boboqulov (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti) va Marjona Yoʻldosheva (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) “Eng yaxshi insho” tanlovida ikkinchi va uchinchi oʻrinni egalladilar.

    Shuningdek, Energetika muhandisligi hamda Transport va qurilish muhandisligi fakultetlari “Antikorrupsiya monitorning guruhi” raislari Xurshida Xoliqova va Saodat Siddiqova, talabalardan Mohlaroyim Komilova va Mashhura Ikromova turli tadbirlar va tanlovlarni tashkil etishdagi faolliklari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.