PREZIDENT TASHABBUSI – AMALDA

PREZIDENT TASHABBUSI – AMALDA

PREZIDENT TASHABBUSI – AMALDA

    Haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan bugun rektor Sherzod Neʼmatov faol, tashabbuskor va startap loyihalar muallifi boʻlgan iqtidorli talabalar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

    Image

    Dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar haqida soʻz yuritildi.

    Image

    Uchrashuv davomida bir guruh talabalar oʻzlarining ilmiy tadqiqot ishlari va startap loyihalari taqdimotini oʻtkazdilar. Mazkur loyihalarni amalga oshirish yuzasidan yoshlarga har tomonlama koʻmak berishi choralari koʻrildi.

    Image

    Tadbir ishtirokchilari universitetda yangidan bunyod etilayotgan Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Fab-lab) bilan ham tanishdilar. Ularga bu yerdagi ilmiy laboratoriyalar haqida maʼlumot berildi.