PARTIYA VA YOSHLAR

PARTIYA VA YOSHLAR

PARTIYA VA YOSHLAR

    Universitetimizda “Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda partiya faollarining faol ishtirokini taʼminlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Image

    O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Image

    Tadbirda so‘z olgan deputatlar va rektor Sherzod Neʼmatov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishtirishlar mohiyati, Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, mudofaa va vatanparvarlik tuyg‘usi, 2026 yilga mo‘ljallangan dastur va ustuvor vazifalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Image

    Muloqot davomida yurtimizda kechayotgan yangilanishlar jarayoni, siyosiy partiyalar faoliyati, taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar xususida ham keng maʼlumot berildi.

Image