Qarshi davlat texnika universitetida talaba-qizlar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi.

Ishtirokchilar “Jamoani tanishtirish”, “Birinchi tibbiy yordam” va "100 metrga yugurish", "Velosipedda uchish" hamda "Darts uloqtirish" kabi yoʻnalishlarda oʻz bilim, ijodkorlik va amaliy koʻnikmalarini namoyish etdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin: "Turon malikalari" jamoasi (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti).
2-oʻrin: "Turon farishtalari" (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin: "Massaget malikalari" (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).

Gʻolib va sovrindor jamoalar universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.