SHARTNOMADA NIMALAR AKS ETGAN?

SHARTNOMADA NIMALAR AKS ETGAN?

SHARTNOMADA NIMALAR AKS ETGAN?

    Qarshi davlat texnika universiteti va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (milliy tadqiqotlar universiteti) Toshkent filiali oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    Har ikki oliygoh rahbarlari ishtirokida imzolangan mazkur shartnomada akademik, ilmiy va texnikaviy sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, mutaxassislar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, qoʻshma tadqiqotlar olib borish hamda respublika va xalqaro dasturlarda birgalikda ishtirok etish belgilangan.

    Mazkur bitimga koʻra, yangi oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, xalqaro anjumanlar va davra suhbatlarini oʻtkazish orqali ilmiy-taʼlimiy hamkorlik, taʼlim sifati samaradorligi yanada mustahkamlanadi.

    Rektor Sherzod Neʼmatov filial faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish yuzasidan muloqotlar oʻtkazildi.