MULOQOT, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

MULOQOT, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

MULOQOT, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

    Qarshi davlat texnika universiteti va Germaniyaning nufuzli oliygohlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilmoqda.

Image

    Rektor Sherzod Neʼmatov xizmat safari davomida Germaniyadagi Haydelberg universiteti, Mannheym texnika universiteti hamda Mannheym amaliy menejment tadqiqotlari universiteti rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi. Uchrashuvlarda QarDTUning ilmiy va oʻquv faoliyati, ilgʻor natijalar hamda hamkorlik istiqbollari haqida maʼruza qildi.

Image

    Muloqotda professor-oʻqituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, birgalikda ilmiy loyihalar grantida ishtirok etish, ilmiy anjumanlar oʻtkazish kabi koʻplab masalalar muhokama qilindi. Kelishuvlarga erishildi.

Image

    Viloyat hokimligi tashrifi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar universitet ilmiy salohiyatni oshirish, xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish, talabalar bandligini taʼminlash, yangi darsliklar yaratilishida muhim ahamiyat kasb etadi.