Bugun Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti faollar zalida viloyat sudi bilan hamkorlikda “Korrupsiya – xavfli illat” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet rektori Sherzod Neʼmatov kirish soʻzi bilan ochiq, yurtimizda soʻnggi yillarda korrupsion holatlarga barham berish maqsadida qabul qilingan qonunlar mohiyati haqida gapirdi.

Viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi Shuhrat Rajabov, viloyat sudining sudya katta yordamchisi Ruslan Xudoyberdiyev universitet professor-oʻqituvchilari va xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi meʼyoriy hujjatlar, jazo choralari, bu boradagi ishlar xususida maʼlumot berdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtdi. Oʻz navbatida, universitet oʻqituvchilari tomonidan sud-huquq sohasida innovatsiyalarni joriy etish, tizimni raqamlashtirish yuzasidan fikrlar, bu borada hamkorlik qilish taklifi bildirildi.