Bugun nomli stipendiyalarga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati e’lon qilindi. E’tiborlisi, ular orasida Qarshi davlat texnika universitetining iqtidorli talabalari ham bor.
Bu yil Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) ta’lim yo‘nalishi talabasi Ikromova Mashhura Asqar qizi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi egasiga aylandi.
Navoiy nomli davlat stipendiyasi:
Qurbonova Firuza Dilshod qizi – iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) ta’lim yo‘nalishi.
Abduhalimova Marjona Hikmatovna – bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishi.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi:
Negmatova Sevinch Ergash qizi – raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) ta’lim yo‘nalishi.
Beruniy nomli davlat stipendiyasi:
Gulboyeva Sabrina Gʻofur qizi – telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi.
Xolmurodov Asror Yashin oʻgʻli – chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi.
Hamroyev Shirinbek Gʻulom oʻgʻli – energetika (issiqlik energetikasi) ta’lim yo‘nalishi.
Ahmedova Sitora Asqar qizi – metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha) ta’lim yo‘nalishi.
Samadova Nilufar Dilmurod qizi – mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (sanoatda) ta’lim yo‘nalishi.
Shukurova Dilnoza Shavkat qizi – neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi.
Shukurova Farangiz Alisher qizi – mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (sanoatda) ta’lim yo‘nalishi.
Jovliyeva Asila Azamat qizi – funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi.
Abdusamiyeva Sarvinoz Anvar qizi – funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi.
Munosib eʼtiroflarga sazovor boʻlgan barcha talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!