ÇEMPIONLARIMIZ – FAXRIMIZ!

ÇEMPIONLARIMIZ – FAXRIMIZ!

ÇEMPIONLARIMIZ – FAXRIMIZ!

    Bugun Qarşi davlat texnika universitetida talabalarimiz – Para Osiyo öyinlari çempioni Dovurxon Karomatov va kumuş medal sohibasi Mohinur Parmonovani tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.

    Image
    Tadbirda professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar jam böldilar.
    Image
    Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Abror Murtazayev Aiçi-Nagoya-2026 Para Osiyo öyinlarining xalqaro miqyosdagi nufuzi va ahamiyati haqida söz yuritdi. Şuningdek, sportning inson jismoniy salomatligi, maʼnaviy kamoloti, irodasi va hayotga bölgan işonçini mustahkamlaşdagi beqiyos örnini qahramonlarimizning hayot yöli va erişgan yutuqlari misolida taʼkidlab ötdi.
    Image
    Darhaqiqat, haqiqiy ğalaba, avvalo, insonning öziga bölgan işonçi, qatʼiyati va heç qaçon taslim bölmasligida namoyon böladi. Dovurxon Karomatov va Mohinur Parmonovaning xalqaro maydondagi yutuqlari nafaqat universitetimiz, balki butun yurtimiz uçun faxr va iftixordir.
    Image
    Tadbir davomida sportçi talabalarimizga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovğalari topşirildi. Samimiy qutlovlar, olqişlar va ezgu tilaklarga boy keçgan uçraşuv qahramonlarimizga bölgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi böldi.

    Image