| Ma'lumot | |
|---|---|
![]() |
Kafedra mudiri CHUYANOV DUSTMUROD SHODMONOVICH Telefon: 912148338 e-mail: dchuyanov@mail.ru |
Qarshi davlat texnika universiteti “Transport muhandisligi” kafedrasi haqida ma’lumot
Kafedra “Transport vositalari muhandisligi” va “Yо‘l harakatini tashkil etish” sohasi bо‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bо‘yicha мутахасислик kafedrasi hisoblanadi.
Kafedra 1979-yil t.f.d. professor F.M.Mamatov tashabbusi bilan “Mashina-traktor parkidan foydalanish” nomi bilan tashkil etilgan bо‘lib, dastlab “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” mutaxassisligi bо‘yicha bitiruvchi kafedra sifatida faoliyat kо‘rsatgan.
2007-2008 о‘quv yilidan kafedrada 5522200-“Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yildi, 2012-2013 о‘quv yilidan boshlab yuqorida qayd etilgan ta’lim yо‘nalishi nomi yangilanganib, 5310600-“Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlash davom ettirildi.
2024-2025 о‘quv yilidan boshlab kafedrada yuqoridagi ta’lim yoʻnalishi yangicha nomdagi 60711400-“Transport vositalari muhandisligi” va qoʻshimcha ravishda 61040200-“Yо‘l harakatini tashkil etish” bakalavr ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Kafedrada 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 70712501 – “Yer usti transporti vositalari va tizimlari” (avtomobil transporti), hozirgi 70711401-“Transport vositalari muhandisligi” magistratura mutaxassisligi bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Kafedraga 1979-1982 yillar t.f.d., prof. F.M.Mamatov, 1982-1983 yillar t.f.n., dots. J.Jо‘rayev, 1983-1989 yillar t.f.n., dots. A.Eshqulov, 1989-1993 yillar t.f.n., dots. F.E.Begimqulov, 1993-2000 yillar t.f.n., dots. E.U.Eshdavlatov, 2000-2001 yillar t.f.n., dots. U.Xaitov, 2001-2003 yillar t.f.n., dots. A.Eshqulov, 2003-2006 yillar t.f.n., dots. O.J.Hamroyev, 2006-2012 yillar t.f.n., dots. E.U.Eshdavlatov, 2012-2018 yillar t.f.n., dots.О‘.R.Boynazarov, 2018-2020 yillar t.f.n., dots. Sh.E.Bо‘ronov, 2020-2023 yillar t.f.n., dots. U.N.Abduraxmonovlar rahbarlik qilishgan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab, kafedra mudiri vazifasida t.f.d., professor D.Sh.Chuyanov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.
Kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan 4 nafar professor, t.f.d.(DSc) D.Sh.Chuyanov, E.U.Eshdavlatov, t.f.n. O‘.R.Boynazarov, U.N.Abduraxmonov, 6 nafar dotsent, t.f.f.d. (PhD) A.A.Karimov, U.I.Qodirov, B.B.Jo‘rayev, M.D.Bo’riyev, i.f.n. Sh.A.Azizov va A.E.Yusupov, 1 nafar katta o‘qituvchi A.F.Rahmonov va 2 nafar assistent D.I.Ergashova, Sh.Sh.Jumayevlar faoliyat yuritadi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan keying besh yilda 4 ta darslik, 8 ta o’quv qo’llanma, 5 ta monografiya, 15 ta fandan elektron o‘quv-uslubiy majmua, 150 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashrdan chiqarilgan bo‘lib, bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha 200 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublikamiz va xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan hamda 15 dan ortiq AKT boyicha mualliflik guvohnomalari va patentlar olingan.
Shuningdek, kafedra dotsenti, t.f.f.d., Karimov A.A. Xitoyning Tiangong universitetida, t.f.f.d., B.B. Jurayev Rossiyaning Moskva avtomobil yo‘llari davlat texnika universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini muvaqqiyatli amalga oshirdilar. Kafedra mudiri, t.f.d., professor D.Sh.Chuyanov, i.f.n., dotsent Sh.A.Azizov, t.f.f.d. B.B. Jurayev va A.A.Raxmonovlar Muxtor Auezov nomli Janubiy Qozog’iston universitetida bo‘lishib, universitet talabalariga dars o’tib kelishdi. Kafedraning Xalqaro hamkorlik boyicha ishlari jadal amalga oshirilyapti.
Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich talabasi Mengliqulov Jonibek 2025-yil Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi g‘olibi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika bosqichida I-o‘rinni egalladi.
Kafedrada bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar va magistrlar faol ishtirok etishmoqda. Ular tomonidan tizimli ravishda xorijiy va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etib kelinmoqda.
Kafedrada mana shu yillar davomida o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan moddiy-texnik baza mustahkamlanib bordi va talablar darajasiga yetkazildi hamda respublikadagi turdosh kafedralar orasida yetakchi o‘rinlarga chiqarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909 sonli qarori asosida 2024-yil dunyo avtomobilsozligida qo‘llaniladigan 15 nomdagi eng zamonaviy jihozlar olib kelindi va talabalarga fanlardan laboratoriya ishlarini bajarishda qo‘llanilmoqda.
Transport muhandisligi kafedrasi fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini Qashqalaryo viloyati transport boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Qashqadaryo texnologik transport OAJ, Qashqadaryo "Avtotexxizmat" MCHJ, “Sharofiddin Nurillo” MCHJ, Qashqalaryo yo‘l qurish-ta’mirlash unitar korxonasi, Chilangar xususiy korxonasi, “Kafolat lyuks” MCHJ va Respublikamizdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar, dilerlik markazlari hamda boshqa korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirib kelmoqda.
Kafedramizda faoliyat ko‘rsatgan o‘qituvchi va kafedra ta’lim yo‘nalishlarini bitirgan ko‘plab kadrlar resbublikamizda xalq xo‘jaligining turli sohalarida nufuzli lavozimlarda samarali xizmat qilishib mamlakatimiz iqtisodini yuksaltirishga o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Bularning ichida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining ikki muddat deputati, Shuxrat medali soxibi, t.f.n., dotsent O‘.Xaitov, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalsh muhandislati instituti” MTU professori, t.f.d. B.Xudayarov, Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazi direktori, t.f.d., professor I.T.Ergashev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va so‘v xo‘jaligi vaziri va Qashqadaryo viloyatining hokimi vazifasida ishlagan Z.Sh.Ro‘ziyev, Hishon tumani hokimi bo‘lib ishlagan R.Sa’dullaev, ayni paytda Shaxrisabz tumani hokimi o‘rinbosari A.Yangiyev va Qarshi shahar Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Sh.A.Qo‘ziyev va boshqalarni alohida ta’kidlash mumkin.
