Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
|
|
|
Kafedra mudiri
| F.I.O: Allayarov Jasur Jumanazarovich |
| Telefon: +998 88 631 33 03 |
Email: jjallayarov1985@mail.ru |
|
|
Kafedraning maqsadi
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasining asosiy maqsadi - agrosanoat kompleksini raqamlashtirish, resurs tejamkor, ekologik toza va innovasion texnologiyalar asosida yuqori samaradorlikka ega, xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashdir.
Kafedrada ta'lim, ilmiy tadqiqot va amaliyotni birlashtirgan holda, talabalarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va standartlashtirish sohalarida zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan ta'minlashni maqsad qiladi.
|
Kafedraning asosiy vazifalari
Raqamli agrotexnologiyalar ta'limi
- Dronlar, sensorlar, GPS/GIS tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari orqali "aqlli fermerchilik" (smart farming) asoslarini oʻqitish.
- Agro-IoT va sun'iy intellekt texnologiyalarini yetishtirish va qayta ishlash jarayonlariga integrasiya qilish.
Innovasion qayta ishlash texnologiyalari
- Bioenergiya, biokompozitlar, funksional oziq-ovqatlar kabi yangi mahsulot turlarini yaratish va ularning texnologiyasini oʻrganish.
- Mahsulotlarni qayta ishlashda energiya tejovchi va chiqindisiz (zero-waste) texnologiyalarni tadbiq qilish.
Ekologik barqarorlik va "yashil" texnologiyalar
- Organik mahsulot yetishtirish, qayta ishlashda ekologik xavfsiz texnologiyalar va sof mahsulot sertifikatlash tizimlarini oʻrgatish.
- Agroekologiya va agrobiotexnologiya yoʻnalishlarini ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirish.
Amaliy koʻnikmalarni shakllantirish
- Ishlab chiqarish xoʻjaliklari, agrofirmalar va oziq-ovqat sanoati korxonalarida amaliy mashgʻulotlar va stajirovkalar tashkil etish.
- Kameral laboratoriyalar, texnoparklar bilan hamkorlikda zamonaviy uskunalarda ishlashni oʻrgatish.
Innovasion ta'lim va tadqiqot
- Talabalarni ilmiy-amaliy loyihalarga jalb qilish, startap va inkubator dasturlarida ishtirokini ta'minlash.
- Fan va ta'lim integrasiyasini kuchaytirish orqali yangi patent, monografiya va ilmiy maqolalar yozishni ta'minlash.
Xalqaro integrasiya
- Xorijiy OTMlar bilan qoʻshma dasturlar, akademik mobillik, on-layn kurslar va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish.
- Xalqaro standartlar (ISO, HACCP, GLOBALG.A.P.) asosida ta'lim va amaliyotni tashkil etish.
Kasbiy koʻnikmalar va biznes salohiyatni shakllantirish
- Agroinnovasiyalar asosida kichik biznes va fermer xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish.
- Agrobiznes reja tuzish, mahsulot marketingi va bozor tahlili boʻyicha bilim berish.
|
Kafedraning bakalavriat ta'lim yoʻnalishlari
| 60810400 Agronomiya |
60810500 Oʻsimliklar himoyasi va karantini |
| 60810800 Zooinjeneriya |
60811000 Meva-sabzavotchilik va uzumchilik |
| 60811300 Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi |
60820100 Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish |
Kafedraning magistratura ta'lim mutaxassisliklari
| 70810403 Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi |
70810701 Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi |
| 70820101 Oʻrmonchilik |
70820102 Manzarali bogʻdorchilik va landshaft |
|
Laboratoriyaning maqsad va vazifalari
- Ta'lim, fan va ishlab chiqarishni uzviy bogʻlash asosida amaliy oʻquv jarayonini tashkil etish.
- Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash va saqlashning zamonaviy texnologik jarayonlarini oʻrganish.
- Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va innovasion yechimlarni sanoatga joriy etish.
- Talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilarning amaliy, tahliliy va loyiha-gipoteza koʻnikmalarini shakllantirish.
Laboratoriya yoʻnalishlari va ixtisoslashgan sektorlar
Agroekologik monitoring va yetishtirish texnologiyalari sektori
- Smart sensorlar orqali tuproq, havo va suvning biofizik xususiyatlarini aniqlash.
- "Smart Farming" simulyatorlari va AI asosida yetishtirish jarayonini boshqarish modellari.
- Dron texnologiyalari bilan agronorafik tahlil (NDVI, infraqizil spektr tahlili).
Qayta ishlash va biotexnologiya sektori
- Fermentasiya jarayonlari nazorati (laktoza parchalanishi, probiotik sintezi va h.k.).
- Sut, sabzavot va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlashda kichik liniya maketlari (mini-sexlar).
- Biofermentlar asosida mahsulot sifatini yaxshilash usullari.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini aniqlash sektori
- Xromatografiya, spektrofotometriya, mikrobiologik tahlil va organoleptik baholash.
- Mahsulot tarkibida nitrat, nitrit, mikotoksin va konservant moddalarni aniqlash.
- Xalqaro standartlar (ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius) boʻyicha test platformalari.
Qadoqlash va logistika sektori
- Bioeriydigan qadoq materiallari (PLA, PHA) boʻyicha tadqiqotlar.
- Mahsulot qadoqlash jarayonida vakuum, modifikasiya qilingan atmosfera (MAP) texnologiyalari.
- Agrosanoat mahsulotlari logistikasi va "cold chain" tizimi modellari.
Agrosanoat chiqindilarini qayta ishlash va bioenergiya sektori
- Kompostlash, vermikompost va biogaz ishlab chiqarish mini-modellari.
- Agrovidalans asosida chiqindisiz (Zero Waste) qayta ishlash texnologiyalari.
- Biochiqindilarni energiya manbaiga aylantirish boʻyicha laboratoriya tajribalari.
|
Laboratoriyada amalga oshiriladigan ishlar
| Yoʻnalish |
Amaliy faoliyat |
| 🏫 Ta'lim |
Laboratoriya darslari, malakaviy amaliyot, treninglar |
| 🔬 Ilmiy tadqiqot |
Magistr va PhD tadqiqotlari, fanni rivojlantiruvchi grant loyihalari |
| ⚙️ Ishlab chiqarish |
Korxonalar bilan hamkor tadqiqotlar, mahsulot sinovlari |
| 💡 Innovasiya |
Startap-loyihalar, texnopark bilan hamkorlikda ishlanmalar |
|
Xalqaro darajadagi imkoniyatlar va hamkorlik
- Erasmus+ dasturlari orqali laboratoriyani Evropa standartlariga moslash.
- KOICA, GIZ, JICA loyihalari orqali laboratoriya uskunalarini yangilash.
- Turkiya, Hindiston, Koreya va Rossiya laboratoriyalari bilan qoʻshma tadqiqotlar.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari
Kafedra ilmiy faoliyati zamonaviy agrosanoat kompleksini innovasion texnologiyalar asosida rivojlantirish, agrar sohadagi muammolarga ilmiy yechim topish hamda amaliy tadbiq qilishga yoʻnaltirilgan. Ilmiy tadqiqotlar quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda innovasion agrotexnologiyalar
- Yashil texnologiyalar va organik yetishtirish usullarini qoʻllash (organik ugʻitlar, biopreparatlar).
- Agroklimatik sharoitlarga moslangan mahsulot turlarini yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
- Dronlar, sensorlar, avtomatlashtirilgan tizimlar orqali agrotexnik tadbirlarni raqamlashtirish.
- Suv tejovchi irrigasiya texnologiyalarini joriy etish (tamchilatib sugʻorish, mulchalash va h.k.).
Qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish
- Mahsulotning oziqaviy qiymatini saqlab qolishga qaratilgan yumshoq (soft) qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish.
- Xom ashyoni minimal qayta ishlash orqali funksional oziq-ovqat turlarini yaratish.
- Biotexnologiya asosida sut, goʻsht, sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashda mikrobiologik jarayonlarni optimallashtirish.
|
Ilmiy ishlar samaralari
- Ilmiy jurnallardagi maqolalar (Scopus, Web of Science, OʻzR OAK roʻyxatidagi jurnallar).
- Innovasion patentlar va foydali modellar.
- Ilmiy-tadqiqot grantlari (Innovatsiya agentligi, EOII, Erasmus+, KOICA va boshqalar).
- Magistratura va doktorantura (PhD) doirasida dissertasiya ishlari.
Ilmiy hamkorlik
Kafedra quyidagi ilmiy muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib boradi:
- Oʻzbekiston Qishloq xoʻjalik ilmiy-tadqiqot institutlari.
- Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy markazlar.
- Xorijiy universitetlar (Rossiya, Hindiston, Turkiya, Koreya, Germaniya va boshqalar).
- Agrar klasterlar va fermer xoʻjaliklari.
|
Professor-oʻqituvchilar
| № |
F.I.SH. |
Lavozimi |
| 1 |
Allayarov Jasur Jumanazarovich |
Kaf.mud. |
| 2 |
Xakimova Muabara Xalilovna |
Professor |
| 3 |
Nurillayev Raxmat Yarashevich |
Dotsent |
| 4 |
Omonov Xasan Farmonovich |
Dotsent |
| 5 |
Amirqulov Otabek Saydullayevich |
Dotsent |
| 6 |
Vafoyeva Mavluda Bobomurodovna |
Dotsent |
| 7 |
Mirzayev Nuriddin Fayzullaevich |
Dotsent |
| 8 |
Oripov Doniyor Maxammadjonovich |
Dotsent |
| 9 |
Xasanov Bobur Rustam oʻgʻli |
Dotsent |
| 10 |
Toʻlqin Tilakovich Rajabov |
Dotsent |
| 11 |
Azimova Muxayyo Egamberdiyevna |
Dotsent |
| 12 |
Eshonqulov Najim |
Dotsent |
| 13 |
Ibragimov Zoxid Abdivoxidovich |
Dotsent |
| 14 |
Jononov Berdinazar Xudoynazarovi |
Dotsent |
| 15 |
Musayev Mansur Samandarovich |
Dotsent |
| 16 |
Ishmuxamedova Ra'no Choriyevna |
Dotsent |
| 17 |
Ishankulova Gavxar Norkulovna |
Dotsent |
| 18 |
Yodgorov Normumin Gʻulomovich |
— |
| 19 |
Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna |
Dotsent |
| 20 |
Saydalov Faxriddin Muradillayevich |
Katta oʻqituvchisi |
| 21 |
Boʻriyeva Surayyo Zayliyevna |
Dotsent |
| 22 |
Jabborov Farrux Boʻriyevich |
Katta oʻqituvchisi |
| 23 |
Xolmurod Ikromovich Saidmurodov |
Assistenti |
| 24 |
Oʻrinova Gulnora Ernazarovna |
Assistenti |
| 25 |
Pardayev Elshod Alisher oʻgʻli |
Assistenti |
|