"Sanoat muhandisligi va menejment" kafedrasi
"Sanoat muhandisligi va menejment" kafedrasi zamonaviy sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish, texnologik tizimlarni optimallashtirish hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
Kafedra faoliyati ta'lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan holda olib boriladi. Talabalarga sanoat muhandisligi, texnologik jarayonlarni boshqarish, ishlab chiqarishni rejalashtirish, logistika, menejment va raqamli texnologiyalar asoslari bo'yicha nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi.
31
Professor-o'qituvchilar
|
38.7%
Ilmiy salohiyat
|
12
Falsafa doktori (PhD)
|
36
O'rtacha yosh
|
Kafedra professor-o'qituvchilari ilmiy tadqiqotlar olib borish, xo'jalik shartnomalari asosida amaliy loyihalarni bajarish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi. Talabalar zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion texnologiyalar va amaliy mashg'ulotlar orqali kasbiy ko'nikmalarini rivojlantiradilar.
Kafedra tarkibi:
• 12 nafar falsafa doktori (PhD) • 6 nafar katta o'qituvchi • 13 nafar assistent
"Sanoat muhandisligi va menejment" kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunda kafedrada jami 31 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 38,7 foizni, o'rtacha yoshi esa 36 yoshni tashkil etadi. Kafedrada 2 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi, 2 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha talabalar tayyorlanmoqda.
|