Malayziyaning Petronas texnologiya universiteti professorlari Neft-gaz va geologiya fakultetining magistratura mutaxassisligi hamda bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalariga dars mashgʻulotlarini oʻtdilar.

Xorijlik mutaxassislar – doktor Mohd Azuvan Bin Maoinser, doktor Dzeti Farhan Benti Mohshim va Nini Nabila Binti Razman ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov hamda fakultet dekani Abbos Shodiyev bilan muloqot olib bordilar.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim rejalar belgilab olindi. Malayziya hukumati stipendiyasi doirasida qoʻshimcha kvotalar ajratish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Maʼlumot oʻrnida: Petronas texnologiya universiteti hozirda dunyoning eng yetakchi oliygohlari roʻyxati – QS World University Rankings 2025 reytingida 251-oʻrinda turadi. Times Higher Education (THE) World University Rankings 2025 da 201-250-oʻrinlarda, neft va gaz muhandisligi boʻyicha esa jahonda 14-oʻrinda qayd etilgan.