MUAMMO, YECHIM VA MULOHAZA

MUAMMO, YECHIM VA MULOHAZA

MUAMMO, YECHIM VA MULOHAZA

    Qarshi davlat texnika universitetida “Ekologiya, atrof-muhitni asrash va yashil makon: muammo, yechimlar va natijalar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman boʻlib oʻtdi.

    Anjumanda nafaqat yurtimiz, balki Belorussiya, Germaniya, Polsha, Rossiya, Turkiya, Xitoy kabi xorijiy davlatlardan ham professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar hamda viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar rahbariyati bevosita va masofadan ishtirok etdi.

    Konferensiyani QarDTU rektori Sherzod Nematov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Mavzuning naqadar dolzarb ekanligini, bu kabi tadbirlar olimlarni oʻzaro fikrlashib olishiga, muammolar yechimiga xizmat qilishini taʼkidladi. Anjuman ishiga omad tiladi.

    Anjumanda  global iqlim oʻzgarishi davrida sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy taʼsiri va kamaytirish chora-tadbirlari, atrof-muhit muhofazasida raqamli texnologiyalarning ahamiyati, geografik axborot tizimlarining yer va suv resurslarini muhofaza qilishdagi ahamiyati bilan bogʻliq oʻnlab ilmiy maqolalar, maʼruzalar muhokama qilindi.

    Ekologik muammolarni bartaraf etishda fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyaning ahamiyati, soha mutaxassislarini tayyorlash istiqbollari haqida ham mulohazalar bildirildi.