KADRLAR SALOHIYATI, TA’LIM VA KLASTER

KADRLAR SALOHIYATI, TA’LIM VA KLASTER

KADRLAR SALOHIYATI, TA’LIM VA KLASTER

 

    Bugun Neft-gaz va geologiya fakulteti faollar zalida Qarshi davlat texnika universiteti va “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ hamkorligida “Neft va gaz sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda taʼlim va ishlab chiqarish klasterining ahamiyati” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

    Anjuman avvalida rektor Sherzod Nematov soʻz olib, bugungi kunda mamlakat taraqqiyotini yuksaltirishda fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyaning oʻrni, hamkorlikning istiqbollari haqida gapirdi.

    Ilmiy-amaliy anjumanda neft va gaz sohasida taʼlim va ishlab chiqarish klasterini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar, gaz-kimyo va energetika sanoatining dolzarb muammolari va ularning yechimlari, neft va gaz konlarini izlash hamda qazib olish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar, muhandislik sohalarida malakali kadrlarni tayyorlashda dual taʼlimning ahamiyati kabi mavzulardagi maʼruzalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, anjumanda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ bilan birgalikda ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish, korxonalarning muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy loyihalar, ular bilan hamkorlikda bajarilgan ilmiy ishlanmalarni joriy qilish masalalari keng muhokama qilindi.

     Anjuman davomida “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJning amaliyot dasturi gʻolibi boʻlgan talabalarga sertifikatlar topshirildi.