Bugun 2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili hamda Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlab universitetimiz professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Sport – sogʻlom xalq, sogʻlom jamiyatning tayanch ustunidir” shiori ostida universitet birinchiligi – “Rektor kubogi” sport musobaqalari boshlandi.

Dastlab shaxmat va shashka boʻyicha turnirlar boʻlib oʻtdi. Har doimgidek, 64 katakli taxtalar ustida gʻoyalar jangi va tafakkur taktikalari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi. Kuchlilar borgan sari finalga tomon yaqinlashib kelaverdilar.

Bugun, shuningdek, mini futbol musobaqalarining guruh bosqichi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Shaxmat (erkaklar):
1-oʻrin: Toʻlqin Primov (Energetika muhandisligi fakulteti).
2-oʻrin: Otabek Azimov (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti).
3-oʻrin: Rustam Omonov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Shaxmat (ayollar):
1-oʻrin: Shahnozaxon Rustamova (Melioratsiya va yer kadastri).
2-oʻrin: Musaffo Aliyeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-oʻrin: Hilola Xoliyorova (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti).

Shashka (erkaklar):
1-oʻrin: Nurbek Murtozayev (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
2-oʻrin: Komiljon Mirzayev (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-oʻrin: Shuhrat Qurbonov (Energetika muhandisligi fakulteti).

Shashka (ayollar):
1-oʻrin: Husniya Ergasheva (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
2-oʻrin: Oʻgʻiloy Joʻrayeva (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin: Shoira Samadova (Energetika muhandisligi fakulteti).

Bugun, shuningdek, mini futbol musobaqalarining guruh bosqichi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.
