Universitetimiz va Vengriyaning Obuda universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Ayni shu kunlarda Budapeshtda xizmat safarida bo‘lib turgan vakillarimiz vengriyalik hamkasblari bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

Muloqot davomida qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish, “Yozgi maktablar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma loyihalarida birgalikda qatnashish, xalqaro anjumanlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, vakillarimiz Obuda universitetining akademik guruhlarida dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.

Maʼlumot o‘rnida: delegatsiya tarkibi moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor A.Zayniddinov, taʼlim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i S.Yo‘ldoshev, Neft-gaz va geologiya hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlari dekanlari A.Shodiyev va Sh.Nasimov, Neft-gaz va geologiya fakulteti dekani o‘rinbosari G‘.Sharipov, “Moliya va bank ishi” kafedrasi dotsenti J.Boboxonovdan iborat.