UNIVERSITETDAN – TASHKILOTGA

UNIVERSITETDAN – TASHKILOTGA

UNIVERSITETDAN – TASHKILOTGA

    Bugun Irrigatsiya muhandisligi fakultetida «Karyera kunlari» mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

    Image

    Tadbir viloyat prokuraturasi, respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Oʻzmilliybank” AJ viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Image

    Dastlab rektor Sherzod Neʼmatov soʻz olib, davlatimizning yoshlarga oid siyosati, talabalar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar mohiyati haqida gapirdi.

    Image

    Mehnat yarmarkasida “Kelajakka qadam” dasturining ahamiyati, xorijiy universitetlar va ish beruvchilar bilan hamkorlik istiqbollari, “Work and Travel” loyihasining afzalliklari, korxona-tashkilotlarda oʻtkaziladigan amaliyotlar samarasini oshirishning muhim jihatlari xususida ham fikrlar va takliflar ilgari surildi.

    Image

    Tadbirda fakultetdagi yosh olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari namoyish etildi. Shuningdek, talabalar va bitiruvchilar uchun tashkilotlar tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilindi. Talabalar bilan muloqotlar oʻtkazildi. Ishga qabul qilingan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

    Image

    Muloqotlar davomida Qarshi davlat universiteti hamda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Qashvilyerloyiha” Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.