Qarshi davlat texnika universitetida “Raqamli transformatsiyaning keyingi toʻlqini: sunʼiy intellekt, zamonaviy telekommunikatsiyalar, kiberxavfsizlik va barqaror innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman avvalida universitet rektori Sherzod Neʼmatov mavzu yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirdi. Sunʼiy intellekt texnologiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va kiberxavfsizlik barcha sohalarida tub oʻzgarishlarga sabab boʻlayotganini taʼkidladi.

Xalqaro anjumanda nafaqat yurtimiz, balki Rossiya, Qozogʻiston, Gruziya singari xorijiy oliy taʼlim muassasalari olimlari maʼruza va ilmiy maqolalar bilan ishtirok etdi. Anjuman ishida 800 ga yaqin maqola muhokamadan oʻtkazildi.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari sunʼiy intellekt texnologiyalari va ularning amaliy tatbiqi, jamiyatni raqamlashtirish muammolari va ularning dasturiy yechimlari, zamonaviy telekommunikatsiya va infokommunikatsiya texnologiyalari, kiberxavfsizlik, kriptografiya muammolari va yechimlari, raqamli iqtisodiyotning yangi davri, AI va barqaror transformatsiya, taʼlimda raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar mavzularida oʻzaro fikr almashmoqdalar.