KIBERXAVFSIZLIK: ÖQUV KURSI IŞ BOŞLADI

KIBERXAVFSIZLIK: ÖQUV KURSI IŞ BOŞLADI

KIBERXAVFSIZLIK: ÖQUV KURSI IŞ BOŞLADI

    Qarshi davlat texnika universitetida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv kursi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

    Image

    Mazkur oʻquv kursi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Qarshi davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etildi.

    Image

    Shu munosabat bilan bugun universitetning Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti boshligʻi, mayor  Umid Hamroqulov, akademiya dotsenti, mayor Shukurullo Agoyev, Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti  yetakchi mutaxassisi, katta leytenant Xurshid Umarov, Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov, professor-oʻqituvchilar, tinglovchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

    Image

    Taʼkidlanganidek, oʻquv kursining asosiy maqsadi viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.

    Image

    Dars mashgʻulotlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Qarshi davlat texnika universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Oʻquv dasturi kiberjinoyatlarni aniqlash, oldini olish, fosh etish va tergov qilish, raqamli dalillar bilan ishlash, raqamli kriminalistika, axborot xavfsizligi, shuningdek raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga muvofiq samarali foydalanish yoʻnalishlarini qamrab oladi.

    Image

    Hamkorlik koʻlami shu bilan cheklanmaydi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Qarshi davlat texnika universiteti oʻrtasida dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi. Universitet talabalarining amaliyotlari tegishliligi boʻyicha mazkur boshqarma tuzilmalarida oʻtkaziladi. Faol, iqtidorli talabalar ishga qabul qilinadi.

    Image

    Maʼlumki, kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning eng samarali usuli – bu targʻibot. Universitet volontyor talabalari bu borada ham ichki ishlar idoralari xodimlariga asosiy koʻmakchi boʻlmoqdalar. Bu kabi xayrli ishlar davom ettiriladi.

    Image

    Tadbir tashkilotchilari oʻquv xonalari va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tinglovchilar bilan muloqot oʻtkazdilar. Amaliy tavsiyalar berdilar.

    Image

    Yakunda jurnalistlar uçun “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi.