Bugun – “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ikkinchi kuni. Sportchi yoshlar badminton bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordilar.

Ochig‘i, talabalar uchun bu sport turi yangi hisoblanadi. Uning ixlosmandlari ham kamchilik. Shuning uchun ham u “Talabalar ligasi” dasturidan o‘rin olgan.

Yakunda 6 nafar ishtirokchi medalli bo‘ldi.
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin: Shahrizod Mamadiyev (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
2-o‘rin: Botirxon Mansurov (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
3-o‘rin: Sanjarbek Toshpo‘latov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Qizlar bellashuvida:
1-o‘rin: Asal Meyliqulova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
2-o‘rin: Dilorom To‘rayeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-o‘rin: Feruza Murodova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).

Badminton musobaqasida jami medallarning naq yarmiga sazovor bo‘lgan Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabalari rektor kubogini qo‘lga kiritishga haqli bo‘ldilar.

Barcha g‘olib va sovrindor talabalarimizni yutuqlari bilan muborakbod etamiz!

“Talabalar ligasi” musobaqalari davom etadi. Ertaga mini futbol bo‘yicha turnir o‘tkaziladi.