Universitetimiz talabalarining zafarli yurişlari davom etmoqda.
Qarşi davlat texnika universiteti mezbonlik qilgan bugungi voleybol bellaşuvlarida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining yigitlar jamoalari ğoliblik uçun maydonga tuşdilar.

Qizğin va murosasiz keçgan uçraşuvlarda jamoalar özaro kuç sinaşib, sport mahorati, jamoaviy birdamlik va ğalabaga bölgan qatʼiy intilişini namoyon etdi.

🥇 Yakuniy natijalarga köra, raqiblaridan ustun kelib, barça bahslarda munosib öyin körsatgan Qarşi davlat texnika universiteti jamoasi faxrli 1-örinni qölga kiritdi.
🥈 Maydonda özining murosasiz kuraşi bilan ajralib turgan Xalqaro innovatsion universitet jamoasi 2-örinni egalladi.
🥉 3-örin esa musobaqa davomida faollik va mahorat körsatgan Axborot texnologiyalari va menejment universiteti jamoasiga nasib etdi.

❗️ Voleybolçilarimizni uşbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz va keyingi bosqiçda ham omad yor bölişini tilaymiz!

⚡️ Eslatib ötamiz, mini futbol böyiça ham universitetimiz jamoasi respublika bosqiçi yöllanmasiga sazovor bölgan.