XIZMAT SAFARI VA HAMKORLIK

XIZMAT SAFARI VA HAMKORLIK

XIZMAT SAFARI VA HAMKORLIK

    Qarşi davlat texnika universiteti professor-öqituvçilari va yoş olimlaridan iborat delegatsiyaning Ozarbayjon Respublikasiga xizmat safari samarali yakunlandi.
    Image
    Xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş hamda taʼlim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan mazkur taşrif mazmunli uçraşuvlar, ilmiy-maʼrifiy muloqotlar va madaniy tadbirlarga boy böldi.
    Image
    Xizmat safari davomida universitetimiz vakillari Ozarbayjon davlat agrar universiteti rahbariyati bilan uçraşib, ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma ilmiy izlanişlarni yölga qöyiş, professor-öqituvçilar va talabalarning akademik mobilligini rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
    Image 

    Şuningdek, professor-öqituvçilarimiz mezbon universitetning öqituvçi va talabalari uçun öz ilmiy faoliyatlari, tadqiqot yönalişlari hamda erişilgan natijalarga bağişlangan taqdimotlar ötkazdilar. Mazkur muloqotlar ilmiy tajriba almaşiş, yangi ğoyalarni muhokama qiliş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilaş uçun muhim imkoniyat yaratdi.
    Image
    Taşrif dasturidan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar ham örin oldi. Xususan, delegatsiya aʼzolari buyuk ozarbayjon şoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy maqbarasi hamda muzeyini ziyorat qilib, uning boy adabiy merosi, hayoti va ijodi bilan yaqindan tanişdilar.
    Image
    Xizmat safari yakunida taşkil etilgan tadbirda Qarşi davlat texnika universiteti vakillariga sertifikatlar topşirildi.