Qarshi davlat texnika universitetida tyutorlik lavozimi uchun vakant oʻrinlari mavjud emas.
Qarshi davlat texnika universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni ishga qabul qilish maxsus komissiya tomonidan universitet ichki tartib-qoidalari va boshqa hujjatlar hamda quyidagi mezonlar asosida, suhbat tarzida amalga oshiriladi:
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
- 25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar 50 yosh) katta boʻlmasligi;
- pedagogik va psixologik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, taʼlim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shugʻullangan, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 2 yildan kam boʻlmagan (2 yildan koʻp boʻlganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega boʻlishi;
- qonunchilikka muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
- namunaviy shaxsiy fazilatlarga – bilimli, madaniyatli, ijobiy xislatli, xushmuomala, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlishi, masʼuliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega boʻlishi zarur.