Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va talabalar uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda universitet rektori Sherzod Neʼmatov sportchi talabalar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida talabalarning sport sohasida erishayotgan yutuqlari, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kelgusi rejalar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, sportchi talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash, mashgʻulotlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Talabalarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.