RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

    Bugun Qarshi davlat texnika universiteti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda universitet va akademik litsey rahbariyati, boʻlim boshliqlari, professor-oʻqituvchilar, iqtidorli talabalar va oʻquvchilar ishtirok etdilar.

    Dastlab rektor Sherzod Neʼmatov universitetdagi imkoniyatlar, xorijiy oliygohlar va nufuzli korxonalar bilan hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritdi. Hozir puxta bilim egallash va fanlarni yaxshi oʻrganish payti ekanini alohida taʼkidladi.

    Muloqot davomida universitet talabalarining yutuqlari eʼtirof etildi. Yozgi taʼtilda Yevropa davlatlarida haq toʻlanadigan amaliyot – “Work and Travel” dasturining ahamiyati tushuntirildi. Qarshi davlat texnika universitetining tuzilmalari, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumot berildi, bukletlar tarqatildi. Shuningdek, universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtildi.

    Tadbir yakunida akademik litseyning bir guruh iqtidorli oʻquvchilariga sovgʻalar ulashildi.