OLIMALARIMIZDAN QO‘SHALOQ MEDAL

OLIMALARIMIZDAN QO‘SHALOQ MEDAL

OLIMALARIMIZDAN QO‘SHALOQ MEDAL

    Qarshi davlat texnika universiteti olimalari xalqaro koʻrgazmada muvaffaqiyatga erishdi.

    Koreya ixtirochi ayollari assotsiatsiyasi (KWIA) va Koreya intellektual mulk ofisi (KIPO) tomonidan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar koʻrgazmasi – KIWIE-2025” tanlovi oʻtkazildi.

    Ushbu nufuzli tadbirda universitet olimalaridan dotsent Muhayyo Azimova kumush va assistent Yulduz Boynazarova bronza medali bilan taqdirlandi.

    Maʼlumot uchun: mazkur koʻrgazmada 30 dan ziyod davlatdan 350 dan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar oʻz ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

    Olimalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!