MULOQOT, MUNOZARA VA MUNOSABAT

MULOQOT, MUNOZARA VA MUNOSABAT

MULOQOT, MUNOZARA VA MUNOSABAT

    “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professori Alibek Eshev 2025-yilning 12-mayidan 20-iyunigacha Portugaliyaning Tomar politexnika institutida Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi granti asosida malaka oshirmoqda.

    Bu davrda Alibek Eshev oʻquv kursining har bir bosqichida ijobiy yaxshi natijalarga erishdi. Lissabon universiteti professorlari bilan uchrashdi. Yangi darsliklar va oʻquv dasturlarini yaratish, professor-oʻqituvchilar mobilligini amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.

    Alibek Eshev malaka oshirish davomida Portugaliyada oʻtkazilgan xalqaro forumda qatnashdi. Bolgariya, Polsha, Ruminiya, Portugaliya, Gruziya, Marokash kabi davlatlar universitetlari bilan hamkorlik bitimlarini imzolashga kelishib olindi.

    Bundan tashqari, yangi Erasmus CBHE loyihasi doirasida Gruziya, Ruminiya, Portugaliya, Gretsiya OTMlari bilan yirik loyihalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

    Oʻzaro kelishuvlarga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilida 5 nafar talabamiz Yevropa Ittifoqi Erasmus dasturi orqali xorijga oʻqishga yuboriladi. 4 nafar professor-oʻqituvchining mobilligi taʼminlanadi. Gretsiya va Portugaliya davlatlaridan 3 nafar professor xorijiy loyiha hisobidan oʻquv jarayoniga taklif etiladi.