2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili hamda Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlab professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlarimiz oʻrtasida oʻtkazilgan navbatdagi universitet birinchiligi – “Rektor kubogi” sport musobaqalari yakunlandi.

“Sport – sogʻlom xalq, sogʻlom jamiyatning tayanch ustunidir” shiori ostida tashkil etilgan ushbu turnirlarning soʻngisi erkaklar oʻrtasida voleybol bellashuvlari boʻldi.

Jamoalar dastlab ikki guruhga boʻlingan holda oʻzaro bahs olib bordilar. Guruhda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar yarim finalga yoʻl oldi. Bunda quyidagi natijalar qayd etildi:
Neft-gaz va geologiya fakulteti (NGvaGF) – Irrigatsiya muhandisligi fakulteti (IMF) 2:0
Energetika muhandisligi fakulteti (EMF) – Transport va qurilish muhandisligi fakulteti (TvaQMF) 2:0

3-oʻrin uchun oʻyinda “irrigatorlar” TvaQMF voleybolchilarini 2:1 hisobida magʻlub etdilar.
Final: EMF – NGvaGF 2:0
Demak, Energetika muhandisligi fakulteti voleybolchilari rektor kubogiga sazovor boʻldilar.

Muvaffaqiyatga erishgan jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!