KORRUPSIYASIZ SOHA

KORRUPSIYASIZ SOHA

KORRUPSIYASIZ SOHA

    Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Rajabov Prezidentimizning 2025-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son farmoni mazmun-mohiyati haqida gapirdi.

    Davra suhbatida oraliq nazorat sinovlari va imtihonlarning shaffof oʻtishini taʼminlash, korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik choralari va masʼuliyati haqida mulohazalar bildirildi.

    Bu kabi tadbirlar ushbu hafta davomida barcha fakultetlarda oʻtkazildi.