Kasaba uyushmalari xodimlariga bayram tabrigi

Kasaba uyushmalari xodimlariga bayram tabrigi

Kasaba uyushmalari xodimlariga bayram tabrigi

Hurmatli universitet jamoasi va kasaba uyushmalari xodimlari!

Barchangizni Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi hamda Kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, ushbu xalqchil tashkilot xodimlarning manfaatini himoya qilishda rahbariyat va jamoa oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini bajarib kelmoqda. Qolaversa, mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish va aholi salomatligini mustahkamlashda kasaba uyushmalarining beqiyos xizmati borligini hamisha eʼtirof etamiz.

Universitetimizda joriy yilda ham professor-oʻqituvchilar, xodim va talabalar oʻrtasida koʻplab sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual bellashuvlari oʻtkazildi. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xiva shaharlariga sayohatlar tashkil etildi.

Bu yil universitet xodimlarining maktab yoshidagi farzandlaridan 159 nafari 5 mavsumda ish beruvchi mablagʻlari hisobidan yozgi oromgohlarda maroqli dam oldilar. 100 nafardan ziyod xodimning oʻzi, yaqin qarindoshlari respublikamizdagi sanatoriylarda dam oldilar. “Qashqadaryo sohili” sanatoriysida esa 16 nafar xodim bepul dam oldi. Bu kabi xayrli ishlar haqida ko‘p va xo‘b gapirish mumkin.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyat koʻlami keng. Vazifasi – sharafli. Mehnatlari – masʼuliyatli.

Barchangizni qutlugʻ bayram va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, masʼuliyatli va sharafli ishingizda yangi yutuqlar yor boʻlishini tilayman.

Hurmat bilan,

Sherzod Neʼmatov,

Qarshi davlat texnika universiteti rektori