“Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Nigora Xoʻjaqulova Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirmoqda.


N.Xoʻjaqulova Chansha shahrida oʻtkazilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori va savdosini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etdi. Seminar doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorini rivojlantirishda dorivor oʻsimliklar savdosining oʻrni” mavzusida maʼruza qildi.


Dasturga muvofiq, Xunan provinsiyasidagi Guilin shahrida dorivor oʻsimliklar yetishtiriladigan xoʻjaliklarga sayohat tashkil etildi. U yerda oʻsimliklarni parvarishlash va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

.jpg)
Malakani oshirish kursi 2025-yil 21-iyulgacha davom etadi.