Bugun “Elektr taʼminoti va intellektual energetik tizimlar» kafedrasida “Taʼlim – ishlab chiqarish – ilm-fan integratsiyasida energiya auditining oʻrni, oʻtkazish bosqichlari va oʻlchov vositalaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari – A.Shavazov, D.Yusupov, U.Hoshimov va F.Muhammadiyev ishtirokidagi bu seminar davomida sanoat korxonalari va bino inshootlarida energiya auditini oʻtkazishning ahamiyati, bajarish bosqichlari va xulosalar asosida hisobot tayyorlash boʻyicha tushuncha berildi.

Seminarda energiya auditi oʻtkazishda qoʻllaniladigan oʻlchov vositalaridan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Yangi maʼlumotlar va bilimlar viloyat hududlarida energiya resurslarini iqtisod qilish masalasini ilmiy-texnikaviy oʻrganish ishlariga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchi olimlarning ish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qolaversa, bu koʻnikmalar universitet tasarrufidagi “Energo kontrol lab” energiya auditi markazi faoliyatini kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Trening yakunida faol ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.